TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Amir Temur tavalludining 687-yilligi munosabati bilan “Qozog‘iston-O‘zbekiston” yo‘nalishida avtopoyga tashkil etiladi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 26-28 aprel kunlari ilk bor “Nautaka drive.uz” nomli xalqaro avto-moto turizm info-forumi o‘tkaziladi.
Forum doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar:
Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini ko‘tarish bo‘yicha yangi loyihalar taqdimoti;
avto-moto turizm spikerlarining ma’ruzalari;
hamkorlik doirasida xalqaro assotsiatsiyalar ishtirokida memorandumlar imzolash marosimi;
turizm sohasidagi tadbirkorlarning B2B uchrashuvlari.
Forum ishtirokchilari o‘rtasida “Olmaota-Shahrisabz-Magistau” yo‘nalishi bo‘ylab avtopoyga tashkil etiladi.
Unga ko‘ra, 28-aprel 5 lokatsiya bo‘yicha sayohat tashkil etiladi. Shahrisabz viloyat hududidagi Kitob, G‘elon, Hazrati Beshir, Hisor qo‘riqxonasi, Langar qishlog‘i muhiti mehmonlarga tanishtiriladi.
Kechki dasturda konsert dasturi hamda avtopoygada g‘oliblarining taqdirlash marosimi o‘rin olgan.