TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekistonda joylashgan Termiz hayvonot bog‘ida ikkita noyob hayvon tug‘ildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar berdi.
V Termezskom zooparke rodilis redkie jivotnie
© press-slujba ministerstva prirodnix resursov Uzbekistana
Ma’lum qilinishicha, bog‘da parvarish qilinayotgan Afrika yoldor qo‘yi bolaladi. Afrika yoldor qo‘yi asosan Shimoli-sharqiy Afrikada uchraydi. Ushbu noyob hayvon juft tuyoqlilar turkumiga mansub bo‘lib, homiladorlik davri 150-160 kunni tashkil etadi. 1-2 tagacha bolalaydi. Umr ko‘rish davomiyligi 12-17 yilga teng.
Qo‘ylarning bu turi oila bo‘lib yashaydi. O‘t-o‘lanlar, o‘simliklar bilan oziqlanadi.
V Termezskom zooparke rodilis redkie jivotnie
© press-slujba ministerstva prirodnix resursov Uzbekistana
Shuningdek, yana bir noyob hayvon - O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro tog‘ qo‘yi ham bolaladi.
Bu noyob tur O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston dashtlarida uchraydi, o‘txo‘r hayvon hisoblanadi. Homiladorlik davri 165 kun, umr ko‘rish davomiyligi 12-15 yilni tashkil etadi.