TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Qirg‘izistonda avtomobil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Bitim yanvar oyi oxirida imzolangan, tegishli qonun esa mart oyining o‘rtalarida Jogorku Kenesh tomonidan qabul qilingan.
“Ushbu kelishuvning ratifikatsiya qilinishi Qirg‘izistonda yengil va tijorat avtomobillarini yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston aprel oyida qo‘shma avtomobil zavodi qurilishini boshlashi haqida xabar berilgandi. Zavod Chuy viloyatida quriladi. Yil oxirigacha 600 dona avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.