TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Ukraina maxsus xizmatlarining Qrim energiya tizimlari obyektiga uyushtirmoqchi bo‘lgan qo‘poruvchilik xatti-harakatlarining oldini oldi. Bu haqda FXX matbuot xizmati xabar berdi.
“Kerchda yarim orol energiya tizimlari obyektlariga qo‘poruvchilik uyushtirishga tayyorgarlikning oldi olindi. O‘tkazilgan tadbirlar natijasida mazkur jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga aloqador 1971-yilda tug‘ilgan Rossiya va Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi” – deyilgan xabarda.
Uning yashash joyidan qo‘lbola portlovchi qurilma va aloqa vositalari topilgan. Aloqa vositalarida uning jinoiy faoliyatini yo‘naltirib turgan Ukraina maxsus xizmatlari vakili bilan yozishmalar bo‘lgan.
Qo‘lga olingan erkakka nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining qo‘poruvchilikka tayyorgarlik ko‘rish, portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarni noqonuniy saqlash moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Qonunchilikda bu xatti-harakatlar uchun 20-yilgacha yoki umrbod ozodlik mahrum qilish jazosini berish ko‘zda tutilgan.
FXX ko‘rsatgan videoda qo‘lga olingan shaxs telefonidan o‘z kuratoriga elektr stansiyasi suratini yuborgani aks etgan yozuvlarni ko‘rish mumkin. U ukrain tili obyektda kuzatuv kameralarini ko‘rmayotganini ham aytgan.