Yaqin kunlarda O‘zbekistonda Qirg‘izistonning “Qaroqchilik” filmi namoyish etiladi

Toshkentdagi Kinochilar uyida Qirg‘izistonda ommaviy kriminal dramaga aylangan “Qaroqchilik” (“Razboy”) kinokartinasining mutaxassis ko‘rigi o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Toshkentdagi Kinochilar uyida Qirg‘izistonda ommaviy kriminal dramaga aylangan “Qaroqchilik” (“Razboy”) kinokartinasining mutaxassis ko‘rigi o‘tkazildi.
Film “Razboy"
“Qaroqchilik” kinofilmi jinoyatchilik olamidagi insonlarning taqdiri, huquqni muhofaza qilish xodimlarining ish faoliyati haqida bo‘lib, voqealar asosida rahm-shafqat, vatanparvarlik personajlar hayotida tuyg‘ulari ko‘rsatiladi.
Film “Razboy"
Qayd etilishicha, kinokartina Kinematografiya agentligi ko‘magida o‘zbek tiliga tarjima qilingan. U tez kunlarda O‘zbekistondagi o‘ngga yaqin kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Mazkur film 2023-yili Qirg‘izistonda katta ekranlarga chiqqan. Rejissorlar Maksat Jumayev, Azamat Ismailov, postanovkachi operator Zair Isakov, rassomlar Azim Kasimov, Almaz Temirxan uulu, produser Azamat Ismailov, kompozitor Azamat Takirbashev.