AQSh istalgan paytda aldashi mumkin – Lavrov

Rossiya TIV rahbari har bir inson Qo‘shma Shtatlar istalgan vaqtda aldashi mumkinligini juda yaxshi bilishini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. AQSh har qanday paytda aldashi mumkinligini hamma yaxshi biladi, deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Venesuela tashqi ishlar vaziri Ivan Xil Pinto bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
O‘tgan yilning oxiridan boshlab Qo‘shma Shtatlar Amerikaning "Chevron" kompaniyasiga Venesuelaning "PdVSA" kompaniyasi bilan hamkorlikda neft qazib olish va qayta ishlash, shuningdek, Amerika bozoriga o‘z mahsulotlarini yetkazib berish imkonini berib, Venesuelaga nisbatan sanksiyalar bosimini yumshata boshladi.
“Ta’kidlamoqchimanki, har bir inson Qo‘shma Shtatlar istalgan vaqtda aldashi mumkinligini juda yaxshi biladi va ular o‘z va’dalari, o‘z takliflarini bajarishdan ko‘ra ko‘proq aldashadi”, - dedi Lavrov.
Shu orqali vazir jurnalistlarning AQSh Venesueladan sanksiyalarni bekor qilish imkoniyatiga shama qilgani, biroq Karakas muxolifat bilan muzokaralar olib bormasa, bundan ham ko‘proq bosim o‘tkazishi bilan tahdid qilgani haqidagi savoliga javob berdi.
Lavrov Rossiya Venesuela pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.
“Bu ularning mamlakati, bu ularning uglevodorodlari, bu ularning eng kuchli noqonuniy sanksiyalarga duchor bo‘lgan iqtisodiyoti. Ular qanday ishlashni, o‘z davlatlarini qanday rivojlantirishni davom ettirishni o‘zlari hal qilishlari kerak”, - deya ta’kidladi Lavrov.
Venesuela muxolifati 2022-yil oxirida Xuan Guaydoning “muvaqqat hukumati”ni tugatish uchun ovoz berdi, uning o‘zi esa muxolifat parlamenti spikeri lavozimini tark etdi. Muxolifat yetakchilari muvaqqat hukumatning tarqatilishini muddati o‘tgan deb atadi, chunki tuzilma zaiflashgan va o‘z vazifalarini bajarmayapti.
Venesuelada 2019-yil boshida prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Muxolifat nazoratidagi Milliy Assambleya rahbari Xuan Guaydo noqonuniy ravishda o‘zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qildi. Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi qator G‘arb davlatlari Guaydoni tan olganini e’lon qildi. O‘z navbatida Maduro uni amerikalik qo‘g‘irchoq deb atadi. Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa qator davlatlar Maduroni qonuniy prezident sifatida qo‘llab-quvvatlagan.