Jamshid Qo‘chqorov Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurash va taraqqiyot tajribasini o‘rganishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. 18-aprel kuni Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov bilan uchrashdi.
Lyu Gochjun Xitoy raisi Si Szinpin o‘tgan yili O‘zbekistonga muvaffaqiyatli davlat tashrifini amalga oshirganini, unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama formatda umumiy taqdir hamjamiyatini amaliy barpo etish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidladi.
“Xitoy O‘zbekiston bilan birgalikda ikki davlat rahbarlari erishgan muhim konsensusni har tomonlama amalga oshirishga va ikki tomonlama munosabatlar darajasini doimiy ravishda oshirishga ko‘maklashishga tayyor”, - dedi Lyu Gochjun.
Shuningdek, u O‘zbekiston tomonining so‘roviga ko‘ra, Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurashdagi tajribasi va muvaffaqiyatlari haqida gapirib, Xitoyning bu yo‘nalishdagi hamkorlikni mustahkamlash va butun dunyoda kambag‘allikka qarshi kurashni rivojlantirish niyatini bildirdi.
Jamshid Qo‘chqorov, o‘z navbatida, O‘zbekiston Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurash va taraqqiyot tajribasini o‘rganishga, shuningdek, turli sohalardagi almashinuv va hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanini ta’kidladi.