TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiyaning Tinch okean floti kemalari jangovar shaylikni to‘satdan tekshirish paytida Yapon dengizida suvosti kemalariga qarshi mashqlar o‘tkazdi. Dengiz va havo nishonlariga artilleriyadan zarba berildi.
Erta tongda kemalar o‘zlarining doimiy joyidan chiqqan va Yapon dengizida belgilangan joyga yetib kelgan. Kemalar turli taktik manyovlar o‘tkazgan va kemalar otradlari mudofaasi va himoyasini ta’minlash mashqlarini bajargan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarori bilan 14-apreldan buyon Tinch okean floti kuchlari to‘satdan tekshirilmoqda. Flot kuchlari to‘liq tarkibda shay holatiga keltirilgan. Tekshirishga uzoq masofaga uchuvchi aviatsiya, Sharqiy harbiy okrug aviatsiyasi, qismlari va bo‘linmalari jalb qilingan.