TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin vertolotda Xerson yo‘nalishidagi “Dnepr” qo‘shinlari guruhi shtabiga bordi. Tashrif tasvirlari Kreml matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.
Putinni “Dnepr” qo‘shinlari guruhi qo‘mondoni, general-polkovnik Oleg Makarevich kutib oldi. So‘ngra Putin shtabga yo‘l oldi va u yerda hisobot tingladi.
Putin, shuningdek, harbiy xizmatchilarni Pasxa bayrami bilan tabrikladi va ularga “Rossiya imperiyasining eng muvaffaqiyatli mudofaa vazirlaridan biriga tegishli” ikona nusxasini berdi. Putin ikonani ochib, uni namoyish qildi.
Shundan so‘ng Rossiya prezidenti vertolotda Milliy gvardiya “Vostok”ning LXRdagi shtabiga yo‘l oldi. Putin u yerda ham ushbu yo‘nalishdagi vaziyat haqida hisobotlarni tingladi.
Ma’lum qilinishicha, uning ish safarlari oldindan rejalashtirilmagan.