TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Odamlar internetda ko‘rgan narsalariga ishonmasligi kerak. Bu haqda amerikalik tadbirkor Ilon Mask ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Menimcha, hech kim internetga ishonmasligi kerak", - dedi Mask “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.
Shu bilan birga Mask “Twitter”ni “kamroq ishonchsizlik” joyiga aylantirishga harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.