Rossiyaning qaysi droni Ukraina armiyasini qiyratmoqda

Ta’kidlanishicha, hozir Ukrainada innovatsiyalar mojarosi yuz bermoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashenko Rossiyaning “Lanset” hujumchi dronini Ukraina qurolli kuchlari uchun eng xavfli dron deb atadi.
“Lanset” droni biz uchun eng xavfli dron hisoblanadi. Artilleriyani yo‘q qilish uchun juda foydali”, — degan Gerashenko.
“Lanset” Rossiyaning ZALA firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, u front chizig‘ida zarba va razvedka missiyalari uchun, shuningdek, dushman chizig‘idan 40-70 kilometr orqada harakatlanayotganda qo‘llaniladi.
Ta’kidlanishicha, dronlarga qarshi turish uchun soxta qurollardan foydalanish mumkin. Gerashenkoning so‘zlariga ko‘ra, soxta qurollar shu qadar realki, hatto besh metr masofada ham ularni haqiqiy qurollardan ajratib bo‘lmaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir Ukrainada innovatsiyalar mojarosi yuz bermoqda.
Rossiya 2022-yilning 24-fevralida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Uning ta’kidlashicha, maxsus operatsiya majburiy chora bo‘lgan, Moskvada “boshqa yo‘l tutish uchun hech qanday imkoniyat qolmagan”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 30-yildan beri Yevropada xavfsizlik tamoyillari bo‘yicha NATO bilan kelishib olishga harakat qilmoqda, biroq bunga javoban u yo bema’ni yolg‘onga, yoki bosim va shantajga urinishlarga duch keldi, alyans esa, Moskvaning noroziligiga qaramay doimiy ravishda kengayib, Rossiya chegaralariga yaqinlashmoqda.