TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Toshkentda 1930-yillarda sovet hukumati tomonidan buzilgan Spaso-Preobrajenskiy cherkovi qayta quriladi. Bu haqida Sputnik muxbiriga Toshkent yeparxiyasi ma’lum qildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi Spaso-Preobrajenskiy cherkovi Yangihayot tumani Do‘stlik-2 massivi yaqinida barpo etiladi.
Ma’lumot uchun, Toshkentdagi Spaso-Preobrajenskiy cherkovi 1871-1888 yillarda qurilgan. U shaharning markaziy maydonida (hozirgi Mustaqillik maydoni) joylashgan bo‘lgan. Cherkov 1935-yilda buzib tashlangan.
Spaso-Preobrajenskiy sobor v Tashkente - arxivnoe foto
© Press-slujba Tashkentskoy yeparxii