Toshkentda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi mintaqaviy forum o‘tkazdi

ShHT makonida xalq diplomatiyasi institutlarining o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Toshkentda 14-aprel kuni “Xalq diplomatiyasi – Markaziy Osiyoda tinchlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashning muhim omili” mavzuyida mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov ochib berdi.
Konferensiya ishtirokchilari Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorligining keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildilar. ShHT makonida xalq diplomatiyasi institutlarining o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida millatlararo totuvlik, hamkorlik, hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni ta’minlash va mustahkamlash masalalari bo‘yicha ekspertlarning tavsiyalari qabul qilindi.