TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Rossiyada pasportga hurmatsizlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Rossiya liberal-demokratik partiyasi tegishli qonun loyihasi ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Rossiya Jinoyat kodeksining 329-moddasiga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmoqda. Qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiya pasportiga hurmatsizlik qilgan shaxsga bir yilgacha ozodlikni cheklash, yoki xuddi shu muddatga majburiy ishlar, yoki 3 oydan 6 oygacha qamoq, yoki 1-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, amaldagi qonunchilikda pasportni qasddan yirtish va unga hurmatsizlik bo‘lishga qaratishgan turli xatti-harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik deb sanaladi va bu 100 rubldan 300 rublgacha jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin.