TOShKENT, 17 apr — Sputnik. F-35 Lightning II (“Chaqmoq”) ommaga taqdim etilishi bilan Shimoliy Atlantika ittifoqchilari navbatga saf tortdilar. Yaqinda yigirmaga yaqin davlatlar ro‘yxatiga Ruminiya ham qo‘shildi – lekin Buxarest kamida sakkiz yil kutishi kerak bo‘ladi.
Bu samolyot yarim asr davomida NATOning asosiy qiruvchisiga aylanishi kerak edi. Shuning uchun ba’zi komponentlar AQShda ishlab chiqarilmayapti. Loyihada jami 9 ta davlat ishtirok etmoqda.
Samolyotga eng yuqori talablar qo‘yilgan: yashirinlik, tezlik, manyovr qilish, zarba berish, yadroviy qurolini tashish qobiliyati. Generallar orzu qilishi mumkin bo‘lgan barcha xususiyatlar.
Namuna uchta ko‘rinishda ishlab chiqilgan:
F-35A – texnologik jihatdan eng oddiy, eng arzon (har bir texnika taxminan 80 million dollar) va eng ommabop – ittifoqdosh davlatlar 2,5 mingdan ortiq miqdorda sotib olmoqchi;
F-35B – parvozga qisqa muddatda ko‘tarilish va vertikal qo‘nish imkoniyatlari bilan AQSh dengiz piyodalari va Britaniya harbiy-dengiz kuchlari uchun. Buning narxi 25 millionga qimmatroq. Pentagon ulardan 2010-yillarda faoliyatini boshlagan Amerika tipidagi hujumchi desant kemalarida foydalanishni rejalashtirmoqda;
F-35S – samolyot tashuvchilar qo‘nishi uchun maxsus ustki qoplamali, kattalashtirilgan qanotlar va quyruq qismli rusum. Narxi – 95 million dollar atrofida.
Ular jami 3500 dona F-35 ni ishlab chiqarishni xohlashdi. Biroq qiyinchiliklar vujudga keldi.
Bu birinchi belgi emas.
Bu qiruvchini 2007-yilda F-16 osmonga parvoz qilganida uning davomchisi deb atashgan edi. Birinchi mashinalarni armiya besh yildan keyin qo‘lga kiritgan.
Garchi Lockheed 2001-yilda 2010-yilgacha 2852 dona buyurtma tayyorlashga va’da bergan. Buning uchun korporatsiya 233 milliard dollar so‘ragan. 2004-yilga kelib narx ikki baravarga oshgan.
2013 yilda ular belgilangan muddatdan yetti yil orqada qolishdi. 2022-yilga kelib, dastur 1,7 trillion dollarga ko‘tarildi. AQSh Hisob palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, “o‘ttiz beshinchi” parvozining har bir soati soliq to‘lovchilarga 42 ming dollarga tushadi.
Eng muhimi esa: Qiruvchi umidlarni oqlamayapti.
Ikki yil avval Pentagon mashinalarning atigi 36 foizi to‘liq foydalanishga yaroqli ekanligini ma’lum qilgandi. O‘shandan beri yaroqsizlar soni ko‘paygan.
Beshinchi avlod?
Muammolar ro‘yxati endi o‘nlab emas, balki yuzlab bo‘limlardan iborat.
Ayniqsa og‘irlaridan biri bu – samolyot energoblokidagi nuqson. Dekabr oyida F-35B Fort-Uert harbiy-havo kuchlari bazasiga vertikal qo‘nish jarayonida aynan shu sababli halokatga uchragan edi. Uchuvchi katapulta qilishga muvaffaq bo‘ldi, ammo yetkazib berish va qabul qilish reyslari ikki oyga muzlatib qo‘yildi. Mart oyida ishlab chiqaruvchi kompaniya masala nimada ekanligini aniqlaganini aytdi. Ammo muammoni darhol hal qilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, motorlarning o‘zi ham tanqislik holatida.
Qolaversa, beshinchi avlod qiruvchisi uchun majburiy talab – tovushidan yuqori tezlikda uchish oson emas. Agar F-35 ning aviatashuvchi variantlari ushbu rejimda keragidan uzoq bo‘lsa, qoplamasiga zarar yetadi va “ko‘rinmas” holatini yo‘qotadi. Yashirin qoplama shishadi. Quyruq qismidagi antennalar ham ishdan chiqadi.
Pentagon yuqori tezlikda parvoz qilishni bir necha o‘n soniya bilan cheklashga qaror qildi. Bu kamchilikni bartaraf etish juda qimmatga tushadi deb hisoblashdi.
Qiyinchiliklarga uchuvchilar ham duch kelishmoqda. Gipoksiya – taxminan 40-marta uchragan holat, asosan F-35A samolyotida.
2020 yilning may oyida shu sababdan samolyotlardan biri halokatga uchradi – uchuvchi omon qoldi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, kislorod bilan ta’minlash tizimi ishlamay qolgan. Shuningdek, kabinada bosim darajasi barqarorlikni yo‘qotib, barotravmaga, ya’ni kislorod yetishmovchiligiga olib kelgan.
Bir qancha mashinalar dasturiy ta’minotdagi nosozliklar tufayli halokatga uchragan. Bundan tashqari, juda maqtalgan shlem displeyining “yashil yorug‘ligi” bilan bog‘liq shikoyatlar bo‘lgan. Aytgancha, uning narxi sport mashinasi kabi – 400 ming dollar.
Ba’zi halokatlar umuman yomon istehzoga o‘xshaydi – Pentagon momaqaldiroq paytida parvozlarni taqiqlagan edi. Inson tomonidan yaratilgan “chaqmoq” tabiiy chaqmoq tufayli ishdan chiqishi mumkin ekan.
Ishlab chiqaruvchilar mashinani takomillashtirishda davom etmoqdalar. Bu dasturning narxi allaqachon osmoncha bo‘lsada, unga qo‘shimcha xarajatlar qo‘shilib bormoqda. Xullas, shartnomalar o‘z vaqtida bajarilishi ehtimoldan xoli.
Marhum senator Jon Makkeyn ta’kidlaganidek, F-35 “Amerika mudofaa ta’minoti tizimi xaridlari qanchalik noto‘g‘ri ekanligining aniq namunasi” bo‘ldi. Ammo AQSh ittifoqchilari baribir bu noma’lum xaridni amalga oshirishga majbur.