TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekistonda “Toza havo” oyligi tadbiri davom etmoqda. Oylik davomida avtotransport vositalarining chiqindi gazlarining ekologik normalarga muvofiqlik darajasi maxsus asbob-uskunalar yordamida tekshirilmoqda.
Toshkentda ham eski rusumdagi avtomobillarning tutunlilik va zaharlilik darajasi tekshirilmoqda. Tabiat resurslari vazirligi qator yo‘l-patrul punktlarida ko‘chma laboratoriyalarni o‘rnatgan.
Avtomobil qanday tekshiriladi? Bu qancha vaqt oladi? Tutunlilik va zaharlilik darajasi yuqori bo‘lsa, jarimani kim yozib beradi – bu savollarga javoblarni Sputnik videocidan izlang.