“Nodir qo‘lozma sirlari”: O‘zbekistonda saqlanayotgan Katta Langar Qur’oni haqida

O‘zbekistonda noyob Katta Langar Qur’oni qo‘lozmasining 17 ta sahifasi mavjud. Ular yaqinda restavratsiya qilindi.
Sputnik
Katta Langar Qur’oni nomi bilan ataladigan Qur’oni karimning nusxasi dunyodagi eng qadimiy va nodir qo‘lozma asarlaridan hisoblanadi.
Qo‘lozma taxminan 190-200 varaq atrofida bo‘lgan, shu vaqtgacha 98 varag‘i yetib kelgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda noyob Katta Langar Qur’oni qo‘lozmasining 17 ta sahifasi mavjud. Mushaf VIII asrda bitilgan deb hisoblanadi, uning charm muqovasi XIV asrga tegishli. Sahifalarning o‘rtacha hajmi – 53x35 sm.
Mutaxassislar dastlab ushbu kitob kiyik terisiga yozilgan deb hisoblashgan. Restavratsiya jarayonida esa bu buzoq terisi ekanligi aniqlangan.
Shu va boshqa qiziqarli ma’lumotlar Sputnik videosida.