G‘afur G‘ulom — biografiya

G‘afur G‘ulom — O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi. Urushdan keyingi davrdagi o‘zbek adabiyoti rivojida beqiyos o‘rin tutgan shaxs.
Sputnik
G‘afur G‘ulom 1903-yilning 10-may kuni Toshkentda, dehqonlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi savodxon bo‘lgan. U o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotini o‘qigan, rus tilini bilgan, o‘zi ham she’rlar yozgan. Uning uyiga Muqimiy, Furqat, Asiriy, Xislat va boshqa shoirlar kelib turgan.
1916 yilning kuzida G‘afur o‘qishga kiradi. Ota-onasining vafotidan so‘ng u ishlashga majbur bo‘lgan. Ko‘plab kasblarda o‘zini sinab ko‘rgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi bo‘lib ishga kiradi, so‘ngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. 1919-yildan 1927-yilgacha u o‘qituvchi, maktab direktori, Ma’naviyat uyushmasi ishchilari raisi bo‘lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi.
Gafur Gulyam

Adabiyotdagi faoliyati

1923 yildan G‘afur G‘ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. She’rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etila boshlaydi. 1923-yil yozilgan “Feliks farzandlari” she’rida yetim bolalar haqida gapirarkan, unda yozuvchi o‘z hayotini ifodalaydi, “Maorif va o‘qituvchi” oynomasida esa “Go‘zallik qayerda” nomli ikkinchi she’ri nashr qilinadi. Birin-ketin she’riy to‘plamlari bosmadan chiqadi: “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni va boshqalar.
G‘afur G‘ulomning 30-yil boshlarida yozilgan she’rlarida yangi shakllarga burilish seziladi, bunga mumtoz rus tilini o‘rganishi ham muhim darajada ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, sanoatning o‘sishi, Turksib temir yo‘l magistralining qurilishi kabi uning ona yurtida sodir bo‘layotgan ajoyib o‘zgarishlarni ta’riflash uchun yangi lug‘at boyligi, yangi she’riy bo‘yoqlar, yangi ohang va vazn talab etilgan.
“Dinamo” (1931), “Tirik qo‘shiqlar” (1932) — yosh shoirning yo‘nalishi yorqin namoyon bo‘lgan birinchi she’riy to‘plamlari.
Shoirning boqiy hayot, mangu ko‘k daraxt haqidagi “Qish va qor” (1929), “Non” (1931), “Toshkent” (1933), “Qutbda saylovlar” (1937), “Men - Yahudiyman” (1941), “Qish” (1941), “Xotin” (1942), “Afsuski, afsusni qo‘shib ko‘mmadi” (1945), “Bog‘” (1934), “Qayg‘u” (1942), “Kuz keldi” (1945), “Kuzgi ko‘chatlar” (1948) kabi she’rlarida umuminsoniylik, insonparvarlik mavzulari o‘z aksini topdi.
Ko‘pgina she’rlarida sharq donishmandi – ota timsoli mavjud: “Sen yetim emassan” (1942), “Qayg‘u” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizlarga - yoshlar” (1947), “Bahor taronalari” (1948) va boshqalar.
“Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari va “Shariat nayranglari” (1930), “Mening o‘g‘rigina bolam” (1965) hikoyalarida chinakam xalq qahramonlari, milliyligimiz tavsirlangan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiki G‘afur G‘ulom “Navoiy va bizning davr” (1948), “Folklordan o‘rganaylik” (1939) tadqiqotlarini, “Jaloliddin dramasi haqida” (1945), “Muqimiy” (1941) maqolalarini yaratgan.
G‘afur G‘ulom qisqa, o‘tkir sujetli hikoyalar ustasi sifatida ham taniqli bo‘lib, hikoya uslubi o‘rnida u yozuvchining savol-javoblari bilan to‘ldirilgan jonli do‘stona bahs-munozara shaklida, mualliflik nutqi va kitobxonga erkin yuzlanish orqali foydalanadi. G‘afur G‘ulom tomonidan 30-yillarda yaratilgan ko‘plab nasriy asarlar yangi insoniy munosabatlarga bag‘ishlangan. U asarlarida yoritgan asosiy muammo va yechimlar – bu insonning axloqiy tarbiyasi, uning ma’naviy va madaniy rivoji sari kurashdir.
Poetessa Zulfiya i pisateli Gafur Gulyam i Nikolay Semenovich Tixonov
G‘afur G‘ulom ko‘plab asarlarini bolalarga bag‘ishlagan. “Shum bola” hikoyasi boshqalariga qaraganda anchagina omadli hisoblanadi.
Shuningdek, yozuvchi bolalar va o‘smirlarga bag‘ishlab, “Ikki bolalik”, “Bilaman”, “Seni Vatan kutmoqda” kabi she’rlarni yozgan.
Urush yillarida G‘afur G‘ulom “Sen yetim emassan”, “Seni kutapman, o‘g‘lim!”, “Vaqt”, “Kuzatish”, “Ayol”, “Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak” kabi ajoyib she’rlar yaratgan. “Seni kutapman, o‘g‘lim!” she’rida shoir front ortida o‘zlarining qahramonona mehnatlari orqali dushman ustidan g‘alabani yaqinlashtirgan otalarning sabri va kuchini madh etadi.
Mushkul kunlarda insonlarning bolalarga bo‘lgan muhabbati buyuk ma’no kasb etgan. Bu - ota-onasini yo‘qotib, oddiy odamlarning sidqidildan qilgan g‘amxo‘rligi haqida so‘z boruvchi ajoyib “Sen yetim emassan” she’rida yaqqol seziladi. Shoirning urush yillarida yozilgan “Bahaybat”, “G‘alabachilar qo‘shig‘i”, “Vaqt”, “Xotin” she’rlari yuqori fuqarolik she’riyatining namunalari hisoblanadi. Ular “Sharqdan kelmoqdaman” to‘plamidan joy olgan.
Urushdan keyingi yillar G‘afur G‘ulom bir qator she’riy to‘plamlarini nashrdan chiqaradi: “Yangi she’rlar”, “O‘zbekiston olovlari”, “Onalar”, “O‘zbek xalq g‘ururi”, “Tong qo‘shig‘i”, “Yashasin, tinchlik!”, “Bu – sening imzoing”. Ushbu to‘plamlardan joy olgan she’rlarda shoir tinchlik davrining muhim savollariga javob topishga, o‘zbek xalqining mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishga intiladi. Asarlarining qahramonlari — dunyo ishlari va osoyishta mehnat bilan band sobiq askar.
G‘afur G‘ulom — tinchlik, do‘stlik va xalq baxtining jo‘shqin kurashchisi. Shoir tinchlik uchun kurashga bag‘ishlangan to‘plam yaratgan. Ulardan eng yaxshilari: “Dunyo minbaridan”, “Yashasin, tinchlik!”, “Bu — sening imzoing” va boshqalar.
Bundan tashqari, G‘afur G‘ulom Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi hamda adabiyotshunoslik va publitsistik maqolalari bilan mashhur.
Uzbekskiy poet Gafur Gulyam (v tubiteyke)

Rus yozuvchisi Mayakovskiyning G‘afur G‘ulom ijodidagi o‘rni

G‘afur G‘ulomning dunyo qarashi va badiiy didining shakllanishida Vladimir Mayakovskiy asarlari katta ta’sir ko‘rsatgan. G‘afur G‘ulom o‘zining maqolalaridan birida shunday yozadi: “Men... rus mumtoz ijodkorlarini bilaman va ularni sevaman va ularning ko‘plab asarlarini ona tilimga tarjima qildim. Lekin “men uchun vazn, lug‘at, timsol, she’rning ohang tuzilishi sohalarida eng serqirra va cheksiz imkoniyatlarni ochgan” Mayakovskiyning shogirdiman, deyishni istayman”. Mayakovskiy satirasidagi darg‘azab, tanqidiy kinoya, lirikasidagi bag‘oyat ulkan tuyg‘u kuchidan tashqari, men o‘zimda... uning usullarining dovurak notiqlik kuchini, metaforalar jasorati, mubolag‘alar ifodaliligini jamlashga harakat qildim. Hatto, usulli, ohangli va ma’no ifodaliligini oshiruvchi she’r qurilishidan ham o‘zbek she’r tuzimida foydalanishimga to‘g‘ri keldi”. Bular G‘afur G‘ulomning ko‘plab she’rlarida namoyondir, masalan: “Turksib yo‘llarida”, “Ona yer”, “Yashasin, tinchlik!”.

G‘afur G‘ulomning mukofotlari

Ikkinchi darajali Stalin mukofoti (1946) - "Sharqdan kelmoqdaman" she’rlar to‘plami uchun (1943)
Lenin mukofoti (1970 yil, vafotidan keyin) - so‘nggi yillardagi she’rlar uchun
Leninning uchta ordeni
uchta Mehnat Qizil Bayroq (31.01.1939; 06.12.1951; 09.05.1963)
“Faxriy nishon” ordeni
“Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2000 yil 25-avgust) — vafotidan keyin.

G‘afur G‘ulom nomi bilan...

G‘.G‘ulom nomidagi Sirdaryo davlat pedagogika instituti
G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot
Toshkent shahridagi ko‘cha va metro bekati G‘afur G‘ulom nomi bilan atalgan
Toshkent shahrida G‘.G‘ulom xotirasiga yodgorlik o‘rnatilgan.