Taxmina Ikromova Toshkentdagi Jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Musobaqa doirasida birinchi medallar jamlanmasi yakkalik yo‘nalishining ko‘pkurash dasturida o‘ynalib, unda Taxmina Ikromova kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichida kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqa doirasida birinchi medallar jamlanmasi yakkalik yo‘nalishining ko‘pkurash dasturida o‘ynalib, unda Taxmina Ikromova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, guruh mashqining 3 tasma va 2 ta to‘p dasturida o‘zbekistonlik sportchi qizlar bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
Yakkalik, ko‘pkurash:
Sofiya Rafaeli (Italiya) – 131,85 ball;
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 126,25;
Margarita Kolosov (Germaniya) – 125,20.
Jamoaviy (3 tasma va 2 to‘p):
Xitoy – 63,50;
Germaniya – 57,70;
O‘zbekiston – 57,30.