O‘zbekiston ikki oyda 7,9 mln dollarlik poyabzal eksport qildi

Oyoq kiyimlar eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 mln AQSh dollariga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 9 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,4 mln juft oyoq kiyimlar eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Oyoq kiyimlar eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 mln AQSh dollariga oshgan.
2023 yilning 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:
Qirg‘iz R. – 1,5 mln juft;
Qozog‘iston – 1,3 mln juft;
Tojikiston – 484 ming juft;
Ozarbayjon – 59 ming juft.
2023 yilning 2 oyida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati – 4,6 mln;
Farg‘ona viloyati – 1,0 mln;
Samarqand viloyati – 758 ming;
Xorazm viloyati – 511 ming AQSh dollari.