O‘zbekiston bo‘ylab sanoat yarmarkalari o‘tkaziladi

Ta’kidlanishicha, ikki kunlik sanoat yarmarkalari joriy yil yakuniga qadar respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. 13-14 aprel kunlari Buxoro shahrida 180 ta korxona ishtirokida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yarmarka doirasida 6 yo‘nalishda 1 500 dan ortiq mahsulotlar namoyish etildi: qurilish materiallari, to‘qimachilik, neft-gaz sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi, turizm sanoati uchun mahsulotlar, qorako‘lchilik.
Yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (O‘zR ISSV), O‘zR ISSV huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi, Buxoro viloyati hokimligi tomonidan tashkil etildi.
Ta’kidlanishicha, ikki kunlik sanoat yarmarkalari joriy yil yakuniga qadar respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich davom etadi.