TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:49 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila koordinatalari: 40,87 gradus shimoliy kenglik; 73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 320 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston respublikasi hududida sezilish kuchi:
Xonobod tumanida 3 ball, 8 km;
Qo‘rg‘ontepa tumanida 2-3 ball, 16km.