Xitoyda parranda grippidan ilk o‘lim holati qayd etildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda parranda grippi pandemiyasi boshlanishi xavfidan ogohlantirgandi.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Xitoyda parranda grippidan ilk o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda parranda grippi pandemiyasi boshlanishi xavfidan ogohlantirgandi.
Kuni kecha tashkilot Xitoyda H3N8 virusidan ilk o‘lim holati qayd etilganini ma’lum qildi.
Marhuma — Guandun provinsiyasida yashovchi 56 yoshli ayol edi. U pnevmoniya alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilib, H3N8 ni yuqtirgani aniqlangan.
Achinarlisi, ko‘rsatilgan tegishli muolajalarga qaramay, bemor ikki hafta o‘tgach, shu yerda hayotdan ko‘z yumdi. Aniqlanishicha, ayol bozorda kasallangan parranda bilan muloqotda bo‘lgan.
Epidemiologlarning qayd etishicha, odamlar infeksiyadan zararlangan va halok bo‘lgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.