Toshkentda suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi

Chempionat Toshkentdagi Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorat maktabidada bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Respublikada suv polosi sporti bo‘yicha ilk bor U 17 “O‘zbekiston chempionati”ning ilk turniri o‘tkaziladi. Bu haqda Sputnik muxbiriga O‘zbekiston suzish federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Chempionat Toshkentdagi Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorat maktabidada bo‘lib o‘tadi.
Ilk musobaqalar 29-apreldan 3-mayga qadar erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Ularda O‘zbekistonning barcha viloyat va shaharlaridan sportchilar ishtirok etadi.
Musobaqalar jadvali:
4-8 may kunlari 2004-yilda tug‘ilganlar va undan kichiklar o‘rtasida U 19 musobaqalari;
10-14 may kunlari esa respublikada birinchi bor 2006 va undan kichik yoshdagi sportchilar o‘rtasida U 17 “O‘zbekiston chempionati”ning ilk turniri.
Bunda sportchilar soni va ular tomonidan to‘plangan ochkolar soniga qarab ikkinchi turnir o‘tkazilishi belgilanadi.
G‘oliblarga homiylar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Hozirda Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorat maktabida o‘smir yigitlar tomonidan chempionat musobaqalariga tayyorgarlik jarayonlari o‘tkazilmoqda.