O‘zbekistonning qaysi hududida aholi soni tez o‘smoqda?

O‘zbekistonda 2023-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 197 781 kishini tashkil etgan.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Toshkent shahri, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida aholi soni tez o‘smoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
O‘zbekistonda 2023-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 197 781 kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga ko‘p.
Hududlar kesimida doimiy aholi sonining o‘sishi:
Qoraqalpog‘iston – 1,3 %
Andijon viloyati – 2,1 %
Buxoro viloyati – 1,7 %
Jizzax viloyati – 2,3 %
Qashqadaryo viloyati – 2,2 %
Navoiy viloyati – 2,1 %
Namangan viloyati – 2,3 %
Samarqand viloyati – 2,2 %
Surxondaryo viloyati – 2,3 %
Sirdaryo viloyati – 2 %
Toshkent viloyati – 1,8 %
Farg‘ona viloyati – 2,1 %
Xorazm viloyati – 1,8 %
Toshkent shahri – 3,3 %
Mavzuga doir:
Toshkentga eng ko‘p ko‘chib kelayotganlar ichida qaysi hudud yetakchi?
Doimiy aholi soni shaharda ko‘pmi yoki qishloqda?