Kuba prezidenti Ukrainadagi mojaroda AQSh aybdor ekanini ma’lum qildi

Dias-Kanelning so‘zlariga ko‘ra, Vashington “qurol sotish va bu bilan ichki muammolarini hal qilish uchun” ataylab urush boshlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Ukrainadagi inqiroz uchun javobgarlik tamomila AQSh zimmasida. Bu haqda Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel ma’lum qildi.
“AQSh hukumati mojaroning birinchi sababini buzib ko‘rsatdi va o‘zining ulkan media kuchi evaziga Rossiyaga qarshi nafrat hissini uyg‘otdi. Men hisoblaymanki, aynan ular rusofobiyani qo‘zg‘atishdi va Rossiyani aybdor qidib ko‘rsatib, mojaroning haqiqiy sabablarini yashirishdi. Men haqiqatdan o‘ylaymanki, bu mojaroni yaratishda AQSh hukumatining o‘zi aybdor”, - dedi Kuba rahbari livanlik jurnalistga bergan intervyusida. Intervyu Kubaning "Mesa redonda" axborot-tahliliy dasturida ko‘rsatilgan.
Dias-Kanelning so‘zlariga ko‘ra, Vashington “qurol sotish va bu bilan ichki muammolarini hal qilish uchun” ataylab urush boshlaydi. Siyosatchi mojaro oqibatida AQShdan tashqari boshqa hamma davlatlar jabr ko‘rishini ta’kidladi.
Kuba yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, dunyo hamjamiyati mojaro tomonlari o‘rtasida muloqot o‘rnatishga ko‘maklashuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamog‘i darkor. Shuningdek, u tomonlarga sulh mustahkam bo‘lishining kafolatlarini berish zarur deb biladi.