Samarqand — 2023

Samarqandda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya TIV rahbarlari uchrashuvi boshlandi - video

Uchrashuvda Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar idoralari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Sputnik
SAMARQAND, 14 apr — Sputnik. Samarqandda tashqi ishlar vazirlarining “MO5+Rossiya” formatidagi 6-uchrashuvi boshlandi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar idoralari rahbarlarining oltinchi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi olti tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, shuningdek, 2022-yil 14-oktabrda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Rossiya-Markaziy Osiyo” birinchi sammiti qarorlariga muvofiq uni samarali amalga oshirish mexanizmlarini muhokama etishadi.