O‘zbekistonda 3 oyda eng ko‘p Rossiya kapitali ishtirokida yangi korxonalar tashkil etildi

2023 yilning yanvar-mart oylarida respublikada Rossiya kapitali ishtirokida 243 ta yangi korxona ochilgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. 2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda.
Mamlakat Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shu davr mobaynida Rossiya kapitali ishtirokida 243 ta korxona tashkil etilgan. Keyingi o‘rinlarda Xitoy - 118 ta, Turkiya - 67 ta va Qozog‘iston – 57 ta.
Xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha qolgan davlatlar ulushi:
Janubiy Koreya – 28 ta;
Tojikiston – 18 ta;
Qirg‘iziston – 16 ta;
Turkmaniston – 14 ta;
AQSh – 11 ta;
Germaniya – 10 ta;
boshqalar – 177 ta.