Samarqand — 2023

MDH TIVKning navbatdagi yig‘ilishi qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Bishkekda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi – MDH bosh kotibi.
Sputnik
SAMARQAND, 14 apr — Sputnik. MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 12-oktabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi.
Samarqandda juma kuni MDH vazirlar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

“Tor doirada MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisini 2023-yil 12-oktabrda Bishkek shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — dedi Lebedev vazirlar kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida.

Bugun Samarqanddagi Kongress-xollda MDH vazirlar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va MDH delegatsiyalari ishtirok etdi.