TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Ukrainaga yetkazib berilgan Leopard tanklaridan biri bizning qo‘limizga tushdi, dedi RIA Novostiga ko‘ngilli askarlar bataloni komandiri.
"Kiyevga yetkazib berilgan "Leopard" tanklari Xerson yo‘nalishida allaqachon harakat qilmoqda. Yaqinda bizning diversion-razvedka guruhimiz ulardan birini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Ichkari pozitsiyamizga olib kelishning iloji bo‘lmagani sababli uni botqoqqa cho‘ktirdik", - dedi "Sokol" ko‘ngillilar bataloni ofitseri RIA Novostiga.
Eslatib o‘tmiz, 2023-yilning boshida Ukraina rahbariyati AQSh va NATOdan muvaffaqiyatli hujum uchun kamida 300 tank so‘ragan edi. AQSh bosimi ostida Germaniya o‘z ixtiyoridagi va qo‘shni Polsha va boshqa Yevropa davlatlari armiyalarida xizmat qilayotgan "Leopard 2" tanklarini Ukrainaga jo‘natishga ruxsat bergan edi. Birinchi partiya - 18 ta "Leopard 2" tanklari Germaniyadan Ukrainaga mart oyining oxirida yetkazib berilgan edi.
Ma’lumot uchun, "Leopard 2" nemis armiyasining asosiy jangovar tankidir. Radiatsion, kimoviy, biologik himoya va avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlari tizimi bilan jihozlangan. "Rheinmetall RH-M-120" rusumli 120 mmli to‘p bilan jihozlangan. O‘qdoni 42 ta snaraddan iborat. Shuningdek, ikkita qo‘shimcha pulemotdan iborat.
Moskva, Kiyevga G‘arb davlatlari tomonidan qurol yetkazib berish Ukraina mojarosini, vayronagarchiliklar va ushbu davlat fuqarolari orasida qurbonlar sonini oshiradi dega edi. Shuningdek, AQSh va alyans davlatlari nafaqat Ukrainaga qurol yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda Ukraina uchun kadrlar tayyorlash orqali mojarosida bevosita ishtirok etayotganini - Rossiya vakillari xalqaro maydonlarda bir necha bor ta’kidlab kelishmoqda.