Samarqand — 2023

Hamkorligimiz mustahkamlanib borayotgani juda muhim — Lavrov

Samarqandda tashqi ishlar vazirlarining “MO5+Rossiya” formatidagi 6-uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov so‘zga chiqdi.
Sputnik
SAMARQAND, 14 apr — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning milliy manfaatlari mos keladi va birinchi navbatda mintaqaning barqaror rivojlanishi bilan bog‘liq. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan tashqi ishlar vazirlarining “MO5+Rossiya” formatidagi 6-uchrashuvida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Samarqandda tashqi ishlar vazirlarining “MO5+Rossiya” formatidagi 6-uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov nutq so‘zladi.

“Jiddiy geosiyosiy vaziyatga qaramay, hamkorligimiz mustahkamlanib borayotgani men uchun juda muhim. Milliy manfaatlarimiz, birinchi navbatda, Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishidan manfaatdorlik bilan mos kelishini barchamiz yaxshi tushunamiz”, - dedi Lavrov.

Samarqandda Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining oltinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari vakillari ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda ishtirokchilar siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi olti tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qiladilar.