Aprel oyida prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasining amalga oshirilishi bilan tanishdi. Davlat rahbari 18-mart kuni Yangi Toshkent shahri loyihasiga tamal toshi qo‘ygan edi.
Yangi Toshkentni administratsiya, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat kabi 5 ta negiz asosida qurish mo‘ljallanmoqda. Bunda zamonaviy urbanizatsiya yondashuvlari, “aqlli” texnologiyalar qo‘llaniladi. Masalan, ekologik transport tizimi tashkil etiladi. Metro va elektrobuslar uyg‘unlikda harakatlanadi.
Yangi Toshkent chinakam ekologik shahar bo‘ladi. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan boshlanadi.
Yangi Toshkent qanday bo‘ladi, qanday yirik ishlarni amalga oshirish mo‘ljallanmoqda - batafsil Sputnik videosida.