TOShKENT, 13 apr — Sputnik. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) yaqin oradagi qarshi hujumga o‘tishini xabar qilsa, Pentagon Ukraina armiyasi bunga tayyor emasligini aytmoqda. Yuzaga kelgan tushunarsiz vaziyatda Kiyev rejimi “hujumni” qishdan bahorga va bahordan yozga ko‘chirmoqda. Ayni paytda esa, NATO arsenallari tugashining achchiq haqiqati UQKga yaqin oralarda muvaffaqiyatli hujumni va’da qilmaydi. Ehtimol, bu Bandera qo‘shinlarini to‘liq mag‘lubiyati sari olib boradigan uzun yo‘ldir.
11 aprel kuni Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Vashingtonda qarshi hujum “aynan shu yozda” boshlanishi mumkinligini aytdi, ammo “buning uchun 100 foiz, kerak bo‘lsa undan ham yuqori darajada tayyor bo‘lish kerak”, degan fikrni bildirdi. Kiyev elchisi Vashingtondan yana qurol so‘radi: “Qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun bizga ko‘proq artilleriya va qurol-aslaha kerak. Bizga ko‘proq o‘rta va uzoq masofali raketalar, tanklar va qiruvchi samolyotlar kerak”.
Shmigal UQKning jangovar tayyorgarlik darajasini foizlarda baholamadi, ammo Pentagon strateglari Ukrainaning Rossiya bilan urushda yaqin orada g‘alaba qozonishiga ishonmaydilar, chunki buning uchun obyektiv asoslar yo‘q. UQKning safarbarlik rejasi, vahshiyona amalga oshirilganiga qaramay, samarali bajarilmadi. Ukraina armiyasining o‘n ikkita yangi motorli piyoda brigadalari (jami 60 mingga yaqin askar, 253 tank, 350 ta piyoda jangovar mashina va zirhli transport vositalari) askarlar zaxirasi, zirhli transport vositalari va NATO zaxiralaridan o‘q-dorilar bilan ta’minlanmagan, havo himoyasiga ega (harbiy-havo kuchlari va havo mudofaa tizimi).
Aslida, NATO standartlari bo‘yicha mukammal tayyorlangan va G‘arb qurollari bilan to‘liq ta’minlangan 60 000 ukraina askari maxsus harbiy operatsiya hududida vaziyatni o‘zgartira olmaydi.
Muvaffaqiyatli hujum dushman ustidan sonli va sifat jihatidan (texnologik, hujumkor) ustunlikni talab qiladi. Bunga Ukraina obyektiv ravishda erisha olmaydi – hatto Rossiya bilan urushidan charchagan AQSh va uning ittifoqchilari yordami bilan ham. G‘arbda Kiyev uchun qurol “yetarli darajada” emas ekan. Shuning uchun NATOning ochiq eshiklari hamma uchun ham ochiq emas.
Kecha AQSh moliya vaziri Jenet Yellen joriy yil oxirigacha Ukrainaning harbiy xarajatlarini moliyalashtirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Agar mojaro 2024-yilning o‘rtalarida tugasa, Ukrainaning tashqi moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoji 115 milliard dollarni tashkil qiladi. Agar harbiy vaziyat 2025-yil oxirigacha davom etsa, 140 milliard dollar kerak bo‘ladi. AQShning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan 2024-yilgi budjeti atigi 6 milliard dollarni o‘z ichiga oladi, 2022-yilda esa Amerika yordami 44 milliard dollardan oshgan edi.
Vashington Rossiya bilan “so‘nggi ukrain askargacha” kurashishga tayyor, ammo so‘nggi yuzlab milliard dollarlarni sarflash niyatida emas. Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi sharoitida AQSh tomonidan “Ukraina loyihasi”ning cheksiz jonlantirilishi juda qimmatga tushmoqda – oyiga taxminan 4 milliard dollar. Shubhasiz, Uchinchi jahon proksi-urushida birinchi mag‘lub davlat allaqachon aniq va bu - qo‘g‘irchoq Ukraina.
Cheklangan muqarrarlik
Bahor boshlanishi bilan Ukraina front liniyasi bo‘ylab Rossiyaning “zaif joylar”ini qidirmoqda. Shuningdek, UQK birdan bir nechta (ayniqsa Zaporojyeda) hujum operatsiyasini boshlashini va Qrim borasida “napoleoncha” rejalarini deyarli har kim muhokama qilmoqda.
Kiyev zombi propagandasi ostida ko‘pchilik xayolotlarga berilmoqda. Go‘yoki qora tuproqli yerlar tez orada quriydi, Amerika sun’iy yo‘ldoshlari tomonidan boshqariladigan uranli snaradlar bilan jihozlangan NATO “Leopard”lari mo‘’jiza ko‘rsatadi va Ukraina armiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2014-yil bahoriga yetkazib qo‘yadigandek. Go‘yoki o‘shanda ular "Noviy Svet" shampanini ichib bolalikdan tanish bo‘lgan “Otamiz – Bandera” qo‘shig‘ini kuylaydi va “yer bilan yakson qilingan hududlari” haqida unutish mumkin.
Biroq, hayotda bunda mo‘jizalar bo‘lmaydi. Ukraina harbiy harakatlar teatrida Rossiya son, sifat, taktik va strategik ustunlikni saqlab qolmoqda. Rossiya Qurolli kuchlari zarba beruvchi samolyotlarga, kuchli havo mudofaa tizimlariga va "yerdagi" mudofaa tizimiga ega.
Rossiya qo‘shinlari guruhi dushmanni samarali ravishda yo‘q qilmoqda va to‘xtovsiz G‘arb tomonga siqib chiqarmoqda. UQK bo‘linmalari faqat “Baxmut qirg‘inida” tor-mor qilinayotgani yo‘q. Rossiya Aerokosmik kuchlari Avdeyevka, Slavansk, Kramatorsk va Pokrovskda, shuningdek, Orexov, Gulyaypole, Kremennaya va Svatov hududlarida ham yuqori aniqlikdagi raketalar va bir yarim tonnalik boshqariluvchi bombalar yordamida Ukraina qo‘shinlarining pozitsiyalari va obyektlarini faol ravishda yo‘q qilmoqda.
NATO tanklari kelishini kutib, Rossiya maxsus kuchlari “Kornet” tanklarga qarshi boshqariladigan raketa yordamida termobarik o‘q-dorilari bilan zirhli transport vositalarini “demilitarizatsiya qilish” texnologiyasini ishlab chiqmoqda. Bugun ana shunday uslubda Ugledar yaqinida Ukraina tanklari va piyoda jangovar mashinalari kolonnasi yo‘q qilindi. Bu hali yerlar qurishga ulgurmasdan.
Boshqa tomondan, Ukrainadagi Amerika va Britaniya maxsus kuchlari faqat “Afg‘on solnomasi”ni takrorlaydi. Bundan tashqari, “Poseydon” yadroviy suvosti kemasi ham Vashington boshi uzra ko‘tarilgan qilichdek. Rossiya strategik raketa kuchlari esa qit’alararo ballistik raketa mobil kompleksining ilg‘or jangovar texnikasini bugun muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Amerikaliklar Ukraina uchun jon berishga tayyor emas va bu yaxshi.
VVS xabariga ko‘ra, Kiyev “g‘alaba olib keluvchi zarbalar” berishi va “chuqur hujum operatsiyalari uchun manyovrlar” qilishga majbur. Aks holda G‘arb unga to‘liq qaram bo‘lib qolgan Ukrainaga harbiy yordam bermaydi.
Qo‘g‘irchoq Kiyev rejimining asosiy zaifligi ham ana shunda. Rossiya o‘z resurslari yordamida G‘arb bilan uzoq vaqt proksi-urush olib borish imkoniga ega, AQSh va NATOning yordami esa yaqin kelajakda cheklangan. G‘arbning harbiy yordami harbiy yordami hatto cheksiz bo‘lganida ham Ukraina armiyasining safarbarlik resurslari cheklangan.
Artyomovskda UQKning o‘nlab harbiy brigadalarining yo‘q qilinishi faqat bir narsani ko‘rsatadi — G‘arb harbiy ta’minoti Ukraina qurbonlari sonini ko‘paytiradi, lekin Rossiya maxsus harbiy operatsiyasining maqsad va rejalarini o‘zgartira olmaydi.