Sankt-Peterburgda terakt uyushtirgan Trepova uni kim yo‘naltirganini aytdi

Trepovaga Rossiyada ta’qiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi va ukrainalik diversant yordam bergani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Bir necha kun oldin Sankt-Peterburgda terakt uyushtirib, harbiy jurnalist Vladlen Tatarskiy o‘limiga sababchi bo‘lgan Darya Trepova Korrupsiyaga qarshi kurash fondi* rahbarlari chaqiriqlaridan so‘ng teraktni amalga oshirganini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Korrupsiyaga qarshi kurash fondi*" rahbarlari "Leonid Volkov** va Ivan Jdanovlar*** maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng, Rossiyada konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirish uchun qo‘poruvchilik faoliyatini amalga oshirish zarurligini bir necha bor ta’kidladilar... Natijada 2-aprel kuni Darya Trepova terakt sodir etdi”, — deyiladi xabarda.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati terrorchilik hujumini tayyorlashda bevosita ishtirok etgan ikkinchi shaxsning ismini ham ma’lum qildi. Bu Ukrainaning diversion terrorchi guruhi a’zosi, Ukraina fuqarosi Yuriy Denisov. U Trepovaga portlovchi moslamani (bust) tezkor yetkazib berish xizmati orqali yuborgan.
"Denisov Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bilan 2023-yilning fevral oyida Kiyevdan Latviya hududi orqali Moskva viloyatiga kelgan va u yerda Fominning (qurbon) turmush tarzi va tashrif buyurgan joylari haqida ma’lumot to‘plagan. Shu maqsadda u mashina sotib olgan va uy ijaraga olgan. Denisov teraktdan so‘ng Rossiyani Armaniston orqali tark etgan. Armanistondan keyin u Turkiyaga uchib ketgan. Ayni damda uni xalqaro qidiruvga berish tartibi boshlangan”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Rossiya FXX tomonidan Volkov va Jdanovga nisbatan terrorizm va ekstremizmga ommaviy chaqiriqlar bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilib, ular qidiruvga berilgan.
* Xorijiy agent sifatida tan olingan va Rossiyada taqiqlangan tashkilot
** Xorijiy agent vazifasini bajaruvchi
*** Xorijiy agent vazifasini bajaruvchi