Referendum — 2023

“Referendum-2023” Telegram-boti ishga tushirildi

Botda “Referendum uchun rasm yaratish va do‘stlar bilan ulashish” va "referendum uchun stikerlar" funksiyasi ham bor.
Sputnik
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Keng jamoatchilikka referendumga oid barcha ma’lumotlarni yetkazish maqsadida “Referendum-2023” Telegram-boti ishga tushirildi.
U Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tomonidan yaratildi. Botda konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, referendumga oid barcha ma’lumotlar joy olgan.
Referendum
Bot orqali yangi Konstitutsiya matni, undagi moddalarning mazmun-mohiyati bilan ham tanishish mumkin.
Botda shuningdek, “Referendum uchun rasm yaratish va do‘stlar bilan ulashish” va "referendum uchun stikerlar" funksiyasi ham bor.
Referendum
Telegram-bot manzili: @REFERENDUM2023uzBot