SAMARQAND, 13 apr — Sputnik. Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev Samarqandga keldi.
14 aprel kuni Samarqandda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va MDH Ijroiya qo‘mitasi delegatsiyalari ishtirokida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvga Qirg‘iziston raislik qiladi.
Kun tartibida dolzarb xalqaro muammolar, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, savdo-iqtisodiy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi masalalari bor.
Shu kuni Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining oltinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.