Samarqand — 2023

Lebedev Samarqandda Saidov bilan uchrashdi - video

Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va Rossiya tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
SAMARQAND, 12 apr — Sputnik. MDH bosh kotibi Sergey Lebedev MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi arafasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
14 aprel kuni O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari ishtirokida MDH TIVK kengashi bo‘lib o‘tadi. Unda MDH Ijroiya qo‘mitasi ham ishtirok etadi.
"Muloqot chog‘ida bo‘lajak tadbir kun tartibi hamda O‘zbekistonning Hamdo‘stlik doirasidagi jadal hamkorligi masalalarini ko‘rib chiqdik", - deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Undan tashqari shu kunning o‘zida Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining oltinchi uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.
Bugun Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va Rossiya tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.