SAMARQAND, 13 apr — Sputnik. Belarus TIV rahbari Sergey Aleynik O‘zbekistonga keldi.
U Samarqandda MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etadi.
14 aprel kuni O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari ishtirokida MDH TIVK kengashi bo‘lib o‘tadi.
Undan tashqari shu kunning o‘zida Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining oltinchi uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.