TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov xitoylik hamkasbi Sin Gan bilan birgalikda Xitoyning “Yutong” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtobuslarni borib ko‘rdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Saidov vmeste s ministrom Sin Ganom osmotreli novie avtobusi, proizvedennie kitayskoy kompaniyey "Yutong Global"
© Baxtiyor Saidov
“Yaqinda mazkur kompaniyaning yuzlab avtobuslarini O‘zbekistonda jamoat transporti faoliyatini yaxshilash maqsadida xarid qilgan edik”, - deb yozadi Saidov.
Saidov vmeste s ministrom Sin Ganom osmotreli novie avtobusi, proizvedennie kitayskoy kompaniyey "Yutong Global"
© Baxtiyor Saidov
Eslatib o‘tamiz, 8-aprel kuni O‘zbekistonga Xitoy davlatidan yangi elektrobus va avtobuslar olib kelingan edi.
Saidov vmeste s ministrom Sin Ganom osmotreli novie avtobusi, proizvedennie kitayskoy kompaniyey "Yutong Global"
© Baxtiyor Saidov
Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.