Xitoyda Zelenskiyga ultimatum qo‘yildi

Maqolada aytilishicha, Ukraina harbiylarining o‘q-dorilari tugab bormoqda, G‘arbning ishlab chiqarish quvvati esa zarur darajada harbiy yordam ko‘rsatishga imkon bermayapti.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Vladimir Zelenskiy hali ham biror bir narsani hal qila olsa, u Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga rozi bo‘lishi kerak, deb yozadi “South China Morning Post” sharhlovchisi Daniyel Kovani.
“Ukraina yetakchilari o‘z mag‘rurligini yutib, so‘nggi bosim dastaklari yo‘qolguncha tinchlik o‘rnatishi kerak”, - deyiladi xabarda.
Maqolada aytilishicha, Ukraina harbiylarining o‘q-dorilari tugab bormoqda, G‘arbning ishlab chiqarish quvvati esa zarur darajada harbiy yordam ko‘rsatishga imkon bermayapti.
“Va’dalariga qaramay, G‘arb siyosatchilari Zelenskiy umid qilayotgan chekni yoza olmasligi mumkin”, - dedi Kovani.
24 fevral kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi o‘z saytida Ukrainadagi inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha 12 banddan iborat bayonotni e’lon qildi. Pekinning asosiy tezislari orasida: barcha mamlakatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish zarurati, Moskva va Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni qayta tiklash, yanada keskinlashuvning oldini olishga chaqirish bor edi.