O‘zbek xonatlasi butun dunyoga mashhur. Ushbu matoni ishlab chiqarish texnologiyasi 4 ming yildan ortiq vaqtdan beri ma’lum.
Marg‘ilon shahrida to‘liq qo‘lda ishlab chiqarish an’analarini saqlab qolgan “Yodgorlik” ipak fabrikasi faoliyat yuritmoqda.
Bu yerda tabiiy bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan eng yaxshi xonatlas va adraslar to‘qiladi.
Marg‘ilonlik ustalarning matolarini olish uchun dunyoning turli burchaklaridan xaridorlar keladi. To‘qilgan ipak gilamning kvadrat metri 2 ming dollardan oshadi.
Mashhur matoni yaratish jarayoni, an’analari va sirlari haqida batafsil Sputnik videosidan bilib oling.