TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning to‘rtta laboratoriyasida aniqlangan xavfli kasalliklar, jumladan, kuydirgi va vaboning turli 240 ta patogenlarini o‘rganadi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Radiatsiya, kimoviy va biologik himoya kuchlari (RKBH) boshlig‘i Igor Kirillov Federatsiya Kengashining yalpi majlisida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Biz haqiqatdan to‘rtta laboratoriyada ishladik. Biz aniqlagan laboratoriyalarda qariyb 240 tacha kasal tug‘diruvchi turli modda topildi. Biz ularni o‘rganyapmiz va o‘rganishda davom etamiz. Ularning katta qismi kuydirgi, vabo kasalliklariga taalluqli”, - dedi Kirillov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning bunday kasalliklarga qarshi vaksinasi va dori vositalari mavjud.
“Biz bu yo‘nalishda Sog‘liqni saqlash vazirligi Rospotrebnadzor bilan birgalikda hamkorlik qilyapmiz”, - dedi Rossiya RKBH boshlig‘i.