TOShKENT, 12 apr — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida qaysi siyosatchini eng aqlli odamlar deb bilishi haqidagi tasavvurlari bilan o‘rtoqlashdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Donald Trampning fikricha, u uchun eng aqilli bo‘lgan insonlar o‘z o‘yinlarida eng zo‘ri. Xususan, XXR raisi Si Szinpin haqida gapirar ekan, Tramp uni “ajoyib inson” deb atadi.
“Gollivud Si Szinpin rolini ijro etish uchun aktor qidirayotganida, hech kim topilmadi, chunki unga o‘xshagan hech kim yo‘q. Uning ko‘rinishi, aqli va boshqa hamma narsa. U bilan munosabatlarimiz a’lo darajada bo‘lgan", - dedi AQShning sobiq prezidenti.
Siyosatchi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Rossiya rahbari Vladimir Putinga ham shunday yuksak baho berdi.
"Kim Chen In qanchalik aqlli? U eng zo‘ri. Odamlar u haqida u yoki bu narsani aytadi. Biroq, aslida u juda aqlli. U hokimiyatga juda erta, 23-24 yoshlarida kelgan va hozir mamlakat ustidan to‘liq nazoratga ega. Va bu oson emas. Putinga kelsak, u ham juda aqlli”, - dedi Tramp.