TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekistonda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning murojaatlariga javob beruvchi Call-markaz ishga tushirildi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati boshlig‘i Sevara Zakirova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, davlat fuqarolik xizmatchilariga yuridik xizmat ko‘rsatish va qonuniy haq-huquqlarini ta’minlash maqsadida Call-markaz va telegram bot ishga tushirildi.
© Agentstvo razvitiya gosudarstvennoy slujbi pri Prezidente Respubliki Uzbekistan
“Bu jarayonda tabiiyki, qisqarishga tushgan xodimlarda turli savollar, e’tirozlar va yuridik yordamga ehtiyoj bo‘lishi mumkin. Shu maqsadda bot va Call-markazi faoliyat yuritadi”, - deydi Zakirova.
Aytilishicha, kechadan bot aynan ma’muriy islohotlarga oid murojaatlarni qabul qilishni boshlagan. Bugungacha turli masalalarga oid 70 ta murojaat kelib tushgan.
Call markaz - 1136
Telegram bot - @murojaat_argos_bot
Murojaatlar haftaning dushanba kunidan juma kunigacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 09:00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.