Referendum — 2023

Referendumda ovoz berish jarayonlarini onlayn ko‘rish imkoniyati yaratiladi

Referendum o‘tkazuvchi ayrim uchastkalarga video kuzatuv kameralari o‘rnatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Referendum kuni uchastkalarda ovoz berish jarayonlari onlayn translyatsiya qilinadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining majlisida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, referendum o‘tkazuvchi ayrim uchastkalarga video kuzatuv kameralari o‘rnatiladi.

“Bu ovoz berish jarayonlarini xolis kuzatishga imkon yaratadi. Referendumda ochiqlik va oshkoralikni taminlaydi”, - deydi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov

Uchastkalarga o‘rnatiladigan kameralar orqali referendumda ovoz berish jarayonlari MSKning rasmiy saytida, MSKning Matbuot markazida joylashgan LED-ekran va ayrim mahalliy telekanallar orqali real vaqt rejimida translyatsiya qilib boriladi.
Sergey Lebedev boshchiligidagi MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonga keldi