TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Qarshi davlat universitetining Filologiya fakulteti binosida “Rus tili markazi” o‘z faoliyatini boshladi. U yerda talabalar o‘quv kurslariga bepul qatnashishlari mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Respubliki Uzbekistan
Qayd etilishicha, bu markazni ochish taklifini avvalroq universitetning Rus tili va adabiyoti yo‘nalishi 4-kurs talabasi Sh.Nazarova bildirgandi.
“Bu taklif oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan qo‘llab quvvatlandi. Universitet rahbariyatining sa’y-harakati bilan markaz rejasi va dasturi ishlab chiqilib, xarajatlar smetasi tasdiqlandi”, - deyiladi xabarda.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Respubliki Uzbekistan
Markaz rus tilini mukammal egallagan talabalarni jamlagan. U universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.