Prezident besh mamlakat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilmoqda

Qayd etilishicha, bugun O‘zbekiston prezidenti Xitoy va Turkiya delegatsiyalarini qabul qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Ayni paytda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya, Qatar, Pokiston, Slovakiya va Falastinning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Prezidentning bugungi ish rejasi xalqaro tadbirlarga boy”, - deb yozadi Asadov.
Joriy yilda Qatar hukumati Toshkentda o‘z elchixonasini ochgani ta’kidlangan.
Qayd etilishicha, bugun O‘zbekiston prezidenti Xitoy va Turkiya delegatsiyalarini qabul qiladi.