Jasmina Immayeva Qozog‘istondagi Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Qit’a birinchiligida Jasmina Immayeva 50 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jasmina Immayeva Qozog‘istonda o‘tayotgan Osiyo chempionatining uchinchi kunida kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Jasmina Immayeva 50 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik sportchi finalda yaponiyalik jahon chempioni Remina Yashimoto bilan bellashdi. Bahs kunchiqar yurt vakilining g‘alabasi bilan yakunlandi va Immayeva ikkinchi o‘rin bilan cheklandi. Bu Immayeva uchun qit’a birinchiligidagi uchinchi medal bo‘ldi.
Bugun Ostona shahrida chempionatning to‘rtinchi kun bellashuvlari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi medallar uchun gilamga chiqadi.
Avvalroq Abror Ataboyev sport kurashlari bo‘yicha Qozog‘istonda o‘tayotgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgani xabar qilingan edi.