O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Ispaniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi

O‘zbekistonlik yosh futbolchilar Braziliya, Dominikan Respublikasi va Gibraltar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Ispaniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Ravshan Haydarov shogirdlari yig‘in doirasida Braziliya (U-20), Dominikan Respublikasi (U-20) va Gibraltar (U-21) terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.
22 aprel kuni O‘zbekiston terma jamoasi Braziliya terma jamoasiga qarshi to‘p sursa, 25-aprel kuni Dominikan Respublikasi, 27-aprel kuni esa Gibraltarga qarshi maydonga tushadi.