TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik sambochi Muhammadnozim Shukurov AQShning Nyu-Jersi shtatida bo‘lib o‘tgan sambo bo‘yicha ochiq chempionatda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Muhammadnozim Shukurov sambo bo‘yicha O‘zbekistonning ko‘p karra chempioni, Osiyo chempionati hamda Jahon kubogi sovrindori, mamlakat terma jamoasi a’zosi bo‘lib, -79 kg vazn toifasida kurashadi.
AQSh sambo federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan mazkur ochiq chempionatda AQShdan tashqari Rossiya, Gruziya, Belarus, Qirg‘iziston va O‘zbekiston sambochilari ham ishtirok etishdi.
Musobaqada yana bir o‘zbek sambochisi Elor Serikbayev finalga qadar yetib borib, kumush medal egasiga aylandi.